«Teatr kórkem óneri»
🎭O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Kengashining tavsiyasiga binoan, ko‘p yillar davomida teatr san’ati ravnaqiga tinimsiz xizmat qilib kelayotgan, ijodiy izlanishlari, ustozlik maktabi va sahnadagi fidoyiligi bilan el hurmatiga sazovor Mamutov Paraxat Allambergen o‘g‘li “Teatr ko‘rkam san’ati” yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga loyiq deb topildi.
Paraxat Allambergen o‘g‘li o‘zining sahnadagi halol mehnati, yosh avlodga berayotgan saboqlari va teatr san’atiga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan keng jamoatchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan ijodkorlardan biridir. Uning yillar davomida qo‘lga kiritgan tajribasi, o‘ziga xos badiiy yondashuvi va pedagogik faoliyati teatr jamoasining yuksalishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Ushbu sharafli ilmiy unvon O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori R. Allanbaev tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Mazkur e’tirof san’atkorning uzoq yillar davomida qilgan mehnatiga berilgan munosib baho, uning sahna san’atiga qo‘shgan ulkan hissasining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.
Ushbu unvon Paraxat Allambergen o‘g‘lining ijodiy yo‘lida yangi marralarga yo‘l ochib, kelgusidagi faoliyatida yanada yuksak zafarlar va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
