blog image

«Basım hám zorlıqqa qarsı 16 kún» akciyası

Bugun poytaxtimizdagi Qoraqalpog‘iston san’at saroyida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Bosim va zo‘ravonlikka qarshi 16 kun» aksiyasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi B.Jaqsımuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi prokurori L.Seyitova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Reyimqulova,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul mutaxassisi L.Bekbosinovalar bilan birga madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi va oiladagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, o‘tkazilayotgan tadbirning ahamiyatiga keng to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lumot uchun,bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli muassasalarda 1300 dan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda.

Ministrliktiń málimleme xızmeti

Skip to content