blog image

itARTS festivali ilk chiqishi

🎭| 2025-yil 30-sentyabr kuni soat 18:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida unutilmas san’at kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali hamda Italiyadagi mashhur ALFREDO CASELLA nomli konservatoriyasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Kechada “itARTS festivali ilk chiqishi” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etilib, unda turli yo‘nalishdagi musiqiy ijrolar orqali san’at ixlosmandlariga yangi bir ma’naviy olam taqdim etiladi. Mazkur hamkorlik san’ati yuksak darajada qadrlanadigan xalqaro maydonda ijodiy almashinuvga xizmat qilishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Derek: https://t.me/KRteatr

Skip to content